Joriy yil 17 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universiteti bilan hamkorlikdagi Qoʻshma ta’lim dasturi fakulteti bakalavr talabalariga huquq asoslari fanidan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning yoshlar hayotiga ta'siri, sabab va oqibatlari” mavzusida dotsent L.Achilova tomonidan ochiq dars oʻtkazildi. Unda Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudi raisi D.Komilov, ushbu sud sudyalari B.Sultonov va B.Karimovlar ishtirok etishdi. Talabalar sud faoliyati, uning tuzilmasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining borishi bilan yaqindan tanishtirildi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tuman sudiga talabalarning tashrifi davomida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan fuqaro K.ga nisbatan jinoyat ishi ham koʻrib chiqildi. Ushbu fuqaro “gashish” giyohvandlik moddasini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda saqlashda aybdor deb topilib, unga tegishli jazo tayinlandi.
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...