Jizzax viloyati davlat soliq xizmati organlari rahbarlari uchun tashkil etilgan ushbu o‘quv mashg‘ulotlarida o‘quv dasturiga muvofiq qo‘mitaning malakali xodimlari va Fiskal institut professor-o‘qituvchilarining mamlakatimizdagi iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga oid o‘quv materiallari bilan ishtiroki taʼminlandi.
Mazkur tadbir xodimlarni iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, soliq-byudjet sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirish, ularning nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarini yana-da oshirishga xizmat qildi. Xususan, soliq qonunchiligi meʼyorlaridagi o‘zgarishlar, shuningdek respublika va mahalliy byudjetlarga tushadigan mahalliy hamda umumdavlat soliqlaridan shahar va tumanlar mahalliy byudjetlariga ajratmalar meʼyori masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tadbir qizg‘in savol-javoblar va jonli muloqot ruhida o‘tdi.
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...