Fiskal institut tashabbusi bilan joriy yilning 16 iyul kuni Institutning Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universiteti qo‘shma fakultetiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun “ZOOM” onlayn dasturi orqali ochiq muloqot tashkil etildi. Ochiq muloqotda Fiskal institut rahbariyati hamda Rossiya Moliya universitetining “Soliqlar, audit va biznes tahlil” fakulteti dekanining o‘rinbosari V.A Machexinlar ishtirok etishdi.
Muloqot davomida birinchi prorektori K.Yusupov abituriyentlarga qo‘shma fakultetda o‘qish tartibi xususan, taʼlim shakli va muddati, qabul kvotasi, to‘lov-kontrakt miqdorlari va afzallik jihatlari to‘g‘risida batafsil tushuncha berdi. Rossiya oliygohi dekanining o‘rinbosari V.A Machexin Moliya universitetining tarixi, ilmiy-amaliy salohiyati bo‘yicha taqdimot qilib, talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Ochiq muloqot barcha qatnashchilarda ijobiy taasurot qoldirdi.
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...