O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 254-son buyrug‘iga asosan Fiskal institutning “Soliqlar va soliqqa tortish”, “Buxgalteriya hisobi va audit” va “Raqamli iqtisodiyot” bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha bir yillik to‘lov kontrakti miqdori barcha taʼlim shakllari (kunduzgi va sirtqi) uchun bir xil, yaʼni 23 million so‘m qilib belgilangan.
Rossiya hukumati huzuridagi Moliya universiteti bilan xamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma taʼlim dasturi uchun to‘lov kontrakt miqdorlari quyidagicha:
“Xalqaro soliqqa tortish va bojxona faoliyatini tartibga solish” bakalavriat taʼlim yo‘nalishida: 1-2-kurs Fiskal institutida (Toshkent) – bir o‘quv yiliga 28 mln. so‘m; 3-4-kurs Moliya universitetida (Moskva) – bir o‘quv yiliga 380 000 rubl.
“Xalqaro soliqni rejalashtirish” magistratura mutaxassisligida: 33 mln.so‘m Fiskal institutida (Toshkent); 350 000 rubl Moliya universitetida (Moskva).
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...