Fiskal institutda Plagiat.pl kompaniyasi ijrochi direktori, StrikePlagiarism.com antiplagiat tizimi hammuallifi Ali Taxmazov boshchiliga tashrif buyurgan mehmonlar bilan plagiatni aniqlash va unga qarshi kurashish mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuv davomida Ali Taxmazov Plagiat.pl kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va hozirgi kunda juda ko‘plab mamlakatlarning qator oliy ta'lim muassasalari, nashriyotlar va boshqa tashkilotlari tomonidan foydalanib kelinayotgan StrikePlagiarism.com antiplagiat tizimi va uning imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot berib o‘tdi.
StrikePlagiarism.com tizimi hammualifi o‘z nutqida quyidagi fikrlarni ta'kidlab o‘tdi: Anti-plagiat tizimi o‘zlashtirmalar soni va manbalari, jumladan, iqtiboslar haqida ma'lumot beradi. U tahlil qilingan matnni Internetda joylashtirilgan matnlar, shuningdek mualliflik huquqi bilan himoyalanmagan parchalar (masalan, huquqiy hujjatlar) bilan taqqoslaydi. Tekshiruvchi topilgan parchalar qabul qilinishi mumkin bo‘lmagan o‘zlashtirishlar borligi yoki yo‘qligini baholashi kerak.
Fiskal institut bilan Plagiat.pl kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...