Buxoro soliq texnikumining o‘quvchilarini Fiskal institutda amalga oshirilayotgan ishlar va o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, so‘nggi yillarda Toshkent shahrida amalga oshirilgan keng bunyodkorlik ishlarini ko‘rsatish orqali ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada kuchaytirish hamda bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqlarini yanada oshirish maqsadida sayohat tashkil etildi.
Institut talabalarining o‘quv jarayoni va dars mashg‘ulotlaridan so‘ng vaqtlarini sermazmun o‘tkazish uchun yaratilgan shart-sharoitlar tanishtirildi. Institutdagi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha ma’umotlar berilib, o‘quvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Shuningdek, o‘quvchilar institutning axborot-resurs markaziga tashrif buyurdilar. Axborot-resurs markazidagi mavjud mutaxassislik fanlar va badiiy adabiyotlar fondi bilan yaqindan tanishdilar. Axborot-resurs markazida tashkil etilgan elektron adabiyotlar bilan ham tanishib, ulardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar oldilar.
Oliy ta’lim muassasida dars mashg‘ulotlarini o‘tilish tartibini kuzatish maqsadida texnikum o‘quvchilari to‘rt guruhga bo‘linib, institutda faoliyat olib borayotgan eng tajribali o‘qituvchilarning dars mashg‘ulotlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etdilar. Texnikum o‘quvchilari institutning yangi o‘quv binosi va dars jarayonlarining borishi bilan yaqindan tanishdilar.
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...