Fiskal institutda xodimlar va talabalarni yot g‘oyalar ta'siriga tushishini oldini olish, tashqi va ichki siyosiy jarayonlarni hamda jamiyat oldida huquq va majburiyatlarini anglash, milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an'analarga tayangan holda erkin fikrlaydigan, intiluvchan, bilimli va qonunlarni hurmat qiladigan fuqarolarni shakllantirish maqsadida seminar-trening ko‘rinishida motivatsion targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda o‘z taqdimoti bilan Fiskal institut rektor maslahatchisi Dilshod Abdurahmonov ishtirok etib, jahonda shu jumladan, Markaziy Osiyo davlatlarida shakllangan holat, ma'naviy, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, qo‘shni davlatlar bilan olib borilayotgan o‘zaro do‘stona munosabatlar hamda mintaqamizga solib turgan ichki va tashqi havflar, ularga qarshi g‘oyaviy bardosh berish tamoyillari haqida ma'lumot berib o‘tdi.
Ayniqsa, buzg'unchi kayfiyatdagi kuchlarning o‘z faoliyat ko‘lamini yanada global darajada kengaytirib, tinchlik va barqarorlikka, xalqaro munosabatlarga tahdid tug‘dirib, aholi, ayniqsa yoshlar qatlamiga mafkuraviy va psixologik omillar orqali ta'sir qilib kelayotganligi aytib o‘tildi.
Shu sababdan ham yoshlarning shu jumladan, oliygoh talabalarining yuksak mafkuraviy immunitetga ega, irodali va psixologik nuqtai nazardan barqaror, dunyoqarashi keng bo‘lib ulg‘ayishi muhimligi, buning uchun ularga ta'lim va tarbiya beruvchi pedagoglarning ham ushbu sohada yetarli bilimga ega bo‘lishi oldimizda turgan muhim vazifalardan biri ekanligini ta'kidlab, ushbu yo‘nalishda e'tibor qaratish zarur bo‘lgan jihatlar bilan bo‘lishdi.
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...