Fiskal institutda Germaniyaning "GIZ" xalqaro hamkorlik jamiyati ekspert-professorlari ishtirokida professor-oʻqituvchilar va talabalar uchun "Soliq maʼmuriyatchiligining dolzarb masalalari" mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarni Fiskal institutning Strategik rivojlantirish boʻyicha birinchi prorektori Kaxramon Yusupov talabalarga tadbir mavzusi hamda tashrif buyurgan mehmonlarni tanishtirgan holda ochib berdi.
Germaniya Federal Moliya Sudi II Senat raislik qiluvchi sudya, professor, yuridik fanlari doktori Francheska Vert "Soliq qonunchiligida maʼmuriy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish" mavzusida maʼruza qildi.
Shuningdek, Latviya Respublikasi Oliy sudi sudyasi Diana Makarova, Ukraina Davlat fiskal xizmati universiteti Yuridik oʻquv-ilmiy instituti Moliyaviy huquq kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Tatyana Sholkova hamda GIZ dasturi menejeri "Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikni rivojlantirish" targʻiboti, Berlin maʼmuriy sudi sudyasi, yuridik fanlar doktori Yorg Pudelka tadbirda oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.
Seminarda talabalar mutaxassislar tomonidan soliq maʼmuriyatchiligi sohasidagi ilgʻor xalqaro tajribalarni oʻrganib, soliq xizmati faoliyatining dolzarb masalalarini xalqaro darajadagi ekspertlar hamkorligida muhokama qildilar.
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...