Yoshlar kuni munosabati bilan Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev va yoshlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda davlat soliq xizmati tizimida faoliyat olib borayotgan yosh xodimlar hamda DSQ huzuridagi Fiskal instituti talabalari ishtirok etdi.
Davlat soliq qo‘mitasi raisi bilan yoshlar uchrashuvi ko‘tarinki ruhda boshlandi. Tadbir avvalida Sherzod Davlyatovich bugungi kunda yoshlar o‘z iqtidorlarini namoyish etishi uchun barcha sharoitlar muhayyo ekanligini ta'kidladi.
"Men har doimgidek oldindan belgilangan ssenariylardan chekingan holda erkin, dildan suhbat qilish uchun keldim. Men sizlar bilan rahbar sifatida emas, o‘z uka-singillarim bilan samimiy muloqot qilish niyatidaman", dedi Sherzod Kudbiyev.
Davlat soliq qo‘mitasi raisi bilan uchrashuv qizg‘in savol-javoblar, ochiq muloqot ruhida davom etmoqda. Yoshlar o‘zini qiziqtirgan savollar bilan birga takliflarini ham bildirib oʻtdilar.
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi bosh inspektori Umid Bobomurodov tizimda davomli tarzda "Oy xodimi" degan tanlovni joriy etish taklifini bildirdi. DSQ rahbari mazkur taklif yosh xodimlarga motivatsiya berishi mumkinligini ta'kidlab, ushbu taklifni o‘rganib chiqish va amaliyotga tatbiq etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq berdi.
Tadbir soʻnggida tizimda faoliyat olib borayotgan shijoatli, gʻayratli yoshlar shuningdek Fiskal institutda katta yutuqlarga erishgan talabalar Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan diplom va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, Sherzod Davlyatovich sport bilan shugʻullanayotgan yoshlar bilan suhbatlashish maqsadida institut stadioni, sport zaliga tashrif buyurdi. Yoshlar bilan stol tennisi oʻynash davomida ulardagi qobiliyat, ishtiyoqni koʻrib, koʻzlaridagi uchqun hech qachon soʻnmasligi kerakligini taʼkidladilar.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi, Fiskal institut rektori bilan oʻtkazilgan samimiy uchrashuv yoshlar qalbida chuqur joy egalladi.
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...