Texnik va xo‘jalik ta’minoti bo‘limi
- Texnik va xo‘jalik ta’minoti bo‘limi o‘z faoliyatini bo‘lim Nizomi hamda yillik ish reja asosida olib boradi. Markaz direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlangan shtat jadvaliga muvofiq bo‘lim tarkibida bo‘lim boshlig‘i va 1-toifali mutaxassis lavozimlari mavjud.
Texnik va xo‘jalik ta’minoti bo‘limi boshlig‘ining xizmat vazifalari:
- bo‘lim xodimlarining ish faoliyatini tashkil etadi va ularga umumiy rahbarlik qiladi;
- bo‘limda ijro va mehnat intizomiga qa’tiy rioya qilinishi, rahbariyat tomonidan kelgan hujjatlar va topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qiladi;
- Markaz direktori tomonidan berilgan topshiriqlar va vazifalarning muddatida, sifatli bajarilishini ta’minlaydi;
- bo‘lim xodimlarining ishga kelib ketishini nazorat qiladi va ularga ishlarni taqsimlab beradi;
1-toifali mutaxassisning xizmat vazifalari:
- bo‘lim boshlig‘i tomonidan berilgan topshiriq va vazifalarning muddatida, sifatli bajarilishini ta’minlaydi;
- Markazga zarur bo‘lgan tovar-moddiy boyliklarni xarid qilish bo‘yicha xo‘jalik sub’ektlari bilan tuzilgan shartnomalarga asosan ushbu tovar-moddiy boyliklarni Markaz omboriga olib keladi;
- Markaz omborga kelib tushgan barcha tovar-moddiy boyliklarni qabul qiladi va ish jarayonida foydalanish uchun bo‘limlar va kafedralarga taqdim etadi.
- Barcha tovar-moddiy boyliklarini qabul qilib olib, ularning saqlanishini nazorat qiladi va hisobini yuritadi.
- Elektr simlari, kuzatuv kameralarining shayligini ta’minlaydi;