2021 yil 16 dekabr kuni Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutda olimlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvga Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati, iqtisodiyot fanlari doktori Jumaev Nodir Xosiyatovich mehmon sifatida taklif etildi. Tadbirda Fiskal institut xodimlari, professor-o‘qituvchilari, soliq texnikumi xodimlari hamda talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida professor N.Jumaev tomonidan oxirgi yillarda bank, soliq hamda boshqa sohalardagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar, qabul qilinayotgan qarorlar va chora-tadbirlarning mazmun mohiyati ilmiy asoslar, misollar bilan tushuntirib berildi. Shu bilan birga professor N.Jumaev qatnashchilar tomonidan berilgan savollarga javob berdi. Uchrashuv barcha qatnashchilarda iliq taassurot qoldirib, ayniqsa, talabalar uchun motivatsiya berilgani bilan yanada ahamiyatli bo‘ldi.
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...