Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universiteti bilan hamkorlikdagi Qoʻshma ta’lim dasturi fakulteti 1- kurs talabalari dotsent L.Achilova rahbarligida joriy yil 3 dekabr kuni Oʻzbekiston Hakamlik sudlari Assotsiatsiyasi Toshkent shahar filiali huzuridagi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Hakamlik sudida “Mediatsia va hakamlik ishlarini koʻrib chiqishning oʻziga xos jihatlari” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etishdi.
Hakamlik sudi raisi Ulug'bek Qoʻshmatovich Abduraxmonov tomonidan Hakamlik sudlarining nizolarni muqobil hal etishdagi faoliyat koʻlami, hakamlik sudlari faoliyatining asosiy prinsiplari, ularni tashkil etish va hisobini yuritish tartibi, mazkur sudlar tomonidan hal etiladigan nizolar, hakamlik bitimi shakli va mazmuni, hakamlik sudyasiga qoʻyiladigan talablar, hakamlik sudining tarkibini shakllantirish, nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bog‘liq xarajatlar, hakamlik muhokamasi, hakamlik sudining hujjatlari, hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish va uni ijro etishga oid normalar belgilanganligi yuzasidan ma’lumot berildi.
Shuningdek U. Abduraxmonov Hakamlik sudlarida nizolarni tezkor, qonuniy, adolatli hal qilish koʻp jihatdan hakamlik sudyalarining bilim darajasi, amaliy tajribasiga bog‘liqligiga toʻxtalib, talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllash boʻyicha tavsiyalar berdi. Davra suhbatidan soʻng talabalar Hakamlik ishlari boʻyicha sud jarayonida qatnashib, oʻzlari uchun muhim huquqiy va kasbiy koʻnikmalarning amaliy ifodasini kuzatish imkoniga ega boʻlishdi.
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...